Abstract:
Ushbu tadqiqotda reaktiv artrit (ReA) bilan kasallangan bemorlarda anneksin A1 (ANXA) miqdorining dinamik o‘zgarishlari tahlil qilindi. 12 oylik kuzatuv davomida bemorlarda ANXA1 muntazam o‘lchanib, uning yallig‘lanish jarayoni va kasallik ta’siri baholab borildi. Natijalar ANXA1 miqdorining ReA faolligi bilan bog‘liq ekanligini va uning kasallik aktivligini ko‘rsatuvchi biomarker sifatida qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Maqolada yoritilgan ma’lumotlar ReA klinik kechishini yanada yaxshiroq tushunish va yangi davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ANXA1 miqdorining dinamikasi o‘rganilishi bo‘g‘imlardagi erta remodellanish jarayonidagi jihatlari yuzasidan tadqiqot ishlariga yo‘l ochadi.