Abstract:
♦ Jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari zamonaviy jamiyatlarni o‘z taraqqiyotida yangi
bosqichga ko‘tarilishida muhim o‘rin tutadi. Zero, mamlakatlar orasida kechayotgan integratsiya
jarayonlari dunyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy manzarasini o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Bun
day sharoitlarda turli xil ijtimoiy-siyosiy tuzumlarga taalluqli bo‘lgan davlatlar bir-birlaridan o‘zaro
tajriba olishishi jadallashib bormoqda. Albatta, globallashuv jarayonini bu masala bo‘yicha ham
ijobiy, ham salbiy jihatlari uchraydi. Mazkur ilmiy maqolada ushbu siyosiy-sotsiologik jihatlarga
e’tibor qaratildi