Abstract:
Ushbu maqolada Glycyrrhiza glabra L. (silliq shirinmiya) o‘simligining morfologik va kimyoviy xususiyatlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekistonda o‘simlikning populyatsiyalarida morfologik tuzilishi, ildiz tizimi, barg va gullarning xususiyatlari hamda fenologik bosqichlari o‘rganildi. Shuningdek, shirinmiyaning ildizlarida mavjud bo‘lgan bioaktiv moddalar -glitsirrizin kislotasi, flavonoidlar, saponinlar va boshqa organik moddalarning tarkibi va miqdori tahlil qilindi.