Abstract:
Ushbu maqolada antibiotikga chidamli Salmonella enterica shtammlarining
tarqalishi va ularning jamoat salomatligiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri tahlil qilinadi.
Tadqiqotda patogenning antibiotiklarga moslashuv mexanizmlari, yuqish yo‘llari hamda oziq-ovqat
zanjiri orqali odamlar orasida tarqalish omillari yoritilgan. Shuningdek, kasalliklarning klinik
kechishi, davolashdagi murakkabliklar va antibiotiklar samarasining pasayishi misollar bilan
ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada profilaktika choralarini kuchaytirish va antibiotiklardan oqilona
foydalanish zarurligi bo‘yicha ilmiy takliflar ham keltirilgan