Abstract:
Mazkur maqolada immunitet tizimida limfa va qonning o‘rni,
ularning o‘zaro bog‘liqligi va organizmni himoya qilishdagi asosiy funksiyalari tahlil
qilinadi. Limfa tizimi immun hujayralarni tashish, organizmdan ortiqcha suyuqlik va
toksinlarni chiqarish vazifasini bajarsa, qon immun javobni shakllantirishda asosiy
transport vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada limfotsitlar, leykotsitlar
va boshqa immunokomponent hujayralarning faoliyati, ularning organizmni
kasalliklardan himoya qilishdagi roli haqida ma’lumotlar berilgan. Tadqiqot
natijalari immunitet tizimini mustahkamlash usullari va sog‘lom hayot tarzining
ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.