Abstract:
Maqola dermatoglifika fanini, ya’ni inson terisidagi barmoq, kaft va
tovon naqshlarini o‘rganish sohasini yoritadi. Barmoq uchlaridagi loop, whorl va arch
naqshlari, kaftdagi yostiqchalar, burmalar va triradiuslar shaxsning irsiy xususiyatlari,
temperament va sog‘liq holatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi.
Sud-tibbiyot, irsiy kasalliklarni tashxislash, psixologik xulq-atvorni o‘rganish va
populyatsion tadqiqotlarda dermatoglfikaning qo‘llanilishi misollar bilan bayon etildi.
Shuningdek, barmoq va kaft naqshlarining ilmiy asoslari bilan folklor yondashuvlar,
jumladan, fol ochish bilan farqlanishi ko‘rsatildi.