Abstract:
Maqsad: melatoninning suyak to‘qimalarining yan
gilanishi, ayniqsa jag‘ suyagining osseointegratsiyasi va
regeneratsiyasi jarayonlariga ta’sirini eksperimental sha
roitda baholash. Material va usullar: tajriba 7–8 oylik
dengiz cho‘chqalarida olib borilib, melatonin berilgan
va berilmagan guruhlarda 14, 30, 60 va 120 kun davo
mida gistologik, gistokimyoviy va rentgenologik tahlillar
bajarildi. Melatonin Melaksen® preparati shaklida og‘iz
orqali berildi. Suyak tuzilmasidagi o‘zgarishlar Van Gizon,
Masson, Mallori va boshqa bo‘yash usullari orqali bahol
andi. Natijalar: melatonin surunkali qabul qilinganda
suyak to‘qimalarining qayta tiklanish jarayonlarini faol
lashtiradi, regeneratsiya erta boshlanadi va morfologik
jihatdan zich to‘qimalar hosil bo‘ladi. Melatonin bilan
davolangan guruhlarda mukopolisaxaridlar miqdoridagi
va hujayraviy tuzilmalardagi o‘zgarishlar suyak yangila
nishining jadallashganini tasdiqlaydi. Xulosa: melaton
inni osteoporozga qarshi potentsial yordamchi terapiya
sifatida qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi.