| dc.description.abstract |
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlar orqali shifokorlar tomonidan taqdim etilayotgan masofaviy tibbiy masla
hatlar fenomeni o‘rganiladi. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, ayniqsa pandemiyadan keyingi davrda,
sog‘liqni saqlash tizimida teletibbiyotning ahamiyatini yanada oshirdi. O‘zbekistonda ham Telegram, YouTube, Insta
gram, Facebook kabi platformalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni ortib bormoqda. Tadqiqotlar masofaviy masla
hatlarning samaradorligi, xavf-xatarlari, axloqiy va huquqiy jihatlarini batafsil yoritadi. Olingan natijalarga ko‘ra, aholining
63 % qismi ushbu xizmatdan ijobiy foydalangan, biroq 17 % holatda noto‘g‘ri tavsiyalar salbiy oqibatlarga sabab bo‘lgan.
Maqolada mavjud muammolarni bartaraf etish uchun taklif etilgan yechimlar ham bayon etiladi. |
en_US |