Abstract:
Ushbu maqolada bemorlarning hayot sifatini shakllantiruvchi omillar, ayniqsa psixologik
va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yoritilgan. Tibbiy yordam bilan bir qatorda psixologik
barqarorlik va ijtimoiy moslashuv bemorning sog‘ayish jarayonida muhim rol o‘ynashi ilmiy dalillar asosida
tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emotsional qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ishtirok va ijtimoiy
integratsiya darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda ruhiy barqarorlik va davolanish samaradorligi ortadi.
Maqolada hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashda kompleks yondashuvning zarurligi asoslab beriladi.