Abstract:
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida inson salomatligini ta'minlashning muhim omili bo'lgan ichimlik
suvi xavfsizligini ta'minlash muammosiga bag'ishlangan.
Tadqiqot suv sifati, ifloslanishning asosiy antropogen va
geogen manbalari (ayniqsa,Orol bo'yi va sanoat hududlari misolida) va suv ta'minoti infratuzilmasining tizimli
nuqsonlarini tahlil qilishga qaratilgan.Maqolada suvni
tozalashning membranali texnologiyalari, raqamli monitoring (SmartWaterManagement) va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM6-maqsad) doirasidagi innovatsion
yechimlarni joriy etish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ilgari surilgan.