Abstract:
Ushbu maqola iqtisodiy savodxonlikni oshirishdagi samarali metod va shakllarni tahlil qiladi. Iqtisodiy savodxonlikning muhimligi, uning jamiyatdagi roli va shaxsiy moliyaviy mustaqillikni taʼminlashdagi ahamiyati ko‘rsatildi. Maqolada taʼlim jarayonida qo‘llaniladigan interaktiv va amaliy yondashuvlar, treninglar, seminarlar hamda innovatsion o‘quv shakllari haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar va elektron taʼlim vositalarining o‘rni va samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.