Abstract:
Mavzuning dolzarbligi: Ushbu maqolada revmatik yurak kasalligi bilan bog‘liq surunkali yurak
yetishmovchiligining rivojlanish xavf omillari tahlil qilinadi. Maqsad: Revmatik yurak nuqsonlarida surunkali yurak
yetishmovchiligining rivojlanish xavf omillarini tahlil qilish, kasallikning patogenezini, asosiy klinik belgilari va
tashxislash usullarini ko‘rib chiqish. Natijalar va xulosalar: Tadqiqot natijalari revmatik yurak kasalligi bilan bog‘liq
yurak yetishmovchiligini erta aniqlash va optimal boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.