Abstract:
Hozirgi davrda autoimmun kasalliklarning o'sib borayotgan tarqalishi ularni erta tashxislash
va davolash masalasini dolzarb muammolardan biriga aylantirmoqda. Shunday kasalliklardan biri bo'lgan anti -
fosfolipid sindromi (AFS), o'zining murakkab patogenezi va ko'p qirrali klinik ko'rinishlari bilan ajralib turadi. Bu
sindrom venoz va arteriai trombozlar, nevrologik buzilishlar, yurak-qon tomir o'zgarishlari, shuningdek,
homiladorlikdagi og’ir asoratlar bilan kechadigan autoimmun xastalikdir. Ayniqsa, reproduktiv yoshdagi ayollar
orasida AFS’ning keng tarqalganligi, takroriy homilayo'qotishlar, preeklampsiya, platsentaning erta ajralishi, homila
o'sishining cheklanishi kabi akusherlikpatologiyalarining rivojlanishida asosiy etiologik omilsifatida ko'rilmoqda