Abstract:
Ushbu maqola bolalarda glomerulonefrit kasalligining immune-genetik xususiyatlarini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Glomerulonefrit — bu buyrak glomerulalarining yallig‘lanishi bilan
bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bolalar orasida keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Maqolada
kasallikning patogenezi, immunologik va genetik omillarining roli, shuningdek, diagnostika va davolash
usullari batafsil tahlil qilinadi. Immun tizimining nojo'ya reaktsiyalari va genetik predispozitsiyaning
kasallik rivojlanishidagi ahamiyati ko‘rsatilib, bolalarda glomerulonefritning klinik ko‘rinishlari va
davolash strategiyalari haqida ma'lumot beriladi