Abstract:
Ushbu ilmiy ishda qandli diabet kasalligi keng qamrovli tarzda tahlil qilinadi. Kasallikning etiologiyasi va patogenezi, klinik ko‘rinishlari, zamonaviy
tashxislash usullari hamda davolash prinsiplari batafsil yoritilgan. Ishda qandli diabetning I va II turlari o‘rtasidagi asosiy farqlar, ularning rivojla
nish mexanizmlari, genetik va atrof-muhit omillarining roli keng muhokama qilingan. Asosiy e’tibor kasallikning yurak-qon tomir tizimi, buyraklar,
ko‘zlar va asab tizimi kabi a’zolarga ta’siri hamda ularning asoratlariga qaratilgan. Tadqiqot davomida dunyo miqyosidagi va O‘zbekistondagi statistik
ma’lumotlar tahlil qilinib, kasallikning yillik o‘sish sur’atlari, xavf omillari va yoshga oid tendensiyalar o‘rganilgan. Shuningdek, bemorlar hayot sifatini
oshirish, insulin terapiyasini takomillashtirish, ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati haqida amaliy tavsiyalar berilgan.
Tezis yakunida qandli diabetni erta aniqlash, samarali nazorat qilish va aholining tibbiy savodxonligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.