Abstract:
Ushbu maqolada bachadon bo‘yni epiteliysining sitologik tuzilishi va
uning patologik o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda epitelial hujayralarning
morfologik shakli, yadroning o‘lchami va sitoplazma nisbatidagi o‘zgarishlar
o‘rganilgan. Bachadon bo‘yni epiteliysida kuzatiladigan displaziya, metaplaziya va
malign o‘zgarishlarning erta bosqichlarini aniqlashda sitologik usullarning diagnostik
ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Pap-test (Papanikolau usuli) natijalari asosida
epiteliya qatlamlarining regeneratsion va degenerativ holatlari tahlil qilingan.
Maqolada patologik jarayonlarni erta aniqlash, onkologik kasalliklarning oldini olish va
ayollar salomatligini saqlashda sitologik tekshiruvlarning o‘rni yoritib berilgan.