Abstract:
Autoimmun gepatit (AIG) — surunkali, immun tizimi tomonidan jigar hujayralariga qarshi
yo‘naltirilgan autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, u genetik va atrof-muhit omillarining o‘zaro ta’sirida
rivojlanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AIG rivojlanishida inson leykotsit antigeni (HLA) tizimi genlari muhim rol
o‘ynaydi. HLA-DRB1, HLA-DQB1 va HLA-B genlarining ma’lum allellari kasallikka sezuvchanlikni oshiradi. Ushbu
maqolada AIHning genetik asoslari, HLA allellari bilan kasallikka moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlik va etnik
populyatsiyalar o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi.