Abstract:
Jigar sirrozi – keng tarqalgan surunkali avj olib boruvchi jigar kasalligi bo‘lib, jigar to‘qimasida
diffuz fibroz va psevdobo‘laklarning hosil bo‘lishi natijasida uning normal arxitektonikasining buzilishi va portal
gipertenziya, jigar yetishmovchiligi rivojlanishi bilan tavsiflanadi [2, 8 ]. Dunyo bo`yicha hazm a`zolari kasalliklari
orasida jigar sirrozi va ularning oqibatlari muhim tibbiy va ijtimoiy muammo bo`lib hisoblanadi. Ushbu kasallik
bemorlarda uzoq vaqt yaqqol ifodalanmagan simptomlar bilan kechadi va 75 % holatlarda asoratlar rivojlanishi
oqibatida klinik belgilar yaqqol namoyon bo`ladi. Kasallik og‘ir kechishi, bemorlar hayot sifatining pasayishi va o‘lim
holatining ortishi bilan tafsiflanadi [1].