Abstract:
O‘zbekistonda shahar aholisidan hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilarni boshqarish muammosi yildan yilga dolzarb bo‘lib bormoqda. Chiqindilarni boshqarishning to‘rtta asosiy yo‘nalishlari aniqlangan: yig‘ish va logistika, chiqindilarni yig‘ish uchun qurilma va mashinalarni qo‘llash, biznes modellar va ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash uchun asboblardan foydalanish.