Abstract:
Ayollar reproduktiv tizimi o‘smalari – sut bezi, bachadon
bo‘yni, bachadon tanasi va tuxumdon saratonlari – global
miqyosda ayollar salomatligi uchun eng katta muammolardan
biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
2020-yilda bachadon bo‘yni saratonini jamoat salomatligi
muammosi sifatida bartaraf etish strategiyasini qabul qildi;
unda 2030-yilgacha HPVga qarshi emlashni kengaytirish,
skrining qamrovini oshirish va vaqtida davolashni ta’minlash
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [1]. Xalqaro saraton
tadqiqotlari agentligi (IARC)ning Global Cancer Observatory:
Cancer Today platformasi esa mamlakatlar kesimida kasallanish
va o‘lim ko‘rsatkichlarini taqqoslash, profilaktika va skrining
siyosatini dalillash uchun asosiy epidemiologik manba
hisoblanadi [2].