| dc.description.abstract |
Energetik ichimliklar tarkibidagi kofein, shakar va boshqa stimulyatorlar qisqa muddatli hushyorlik va diqqatni yaxshilash xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin, biroq ularning uzoq muddatli ta’siri bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda qarama-qarshi natijalar mavjud. Masalan, ba’zi tadqiqotlar energetik ichimliklar iste’molining kognitiv vazifalar, shu jumladan diqqat va tezkorlikni vaqtincha oshirganini ko‘rsatgan bo‘lsa, boshqalar bu effektni tasdiqlamagan yoki ularni salbiy holatlar bilan bog‘lagan. Energetik ichimliklarni iste’mol qilish ko‘pincha uyqu buzilishi, stress darajasining oshishi va psixologik charchoq bilan ham bog‘liq. |
en_US |