DSpace Repository

OIV INFEKSIYASI BO‘YICHA AHOLINING HABARDORLIK DARAJASINI ANIQLASH UCHUN SO‘ROVNOMA NATIJALARI.

Show simple item record

dc.contributor.author Matnazarova Gulbahor Sultanovna., Qodirova Sarvinoz Bakhtiyorjon qizi., Saidkasimova Nargiza Sayfullayevna., Xamzayeva Nilufar Toshtemirovna., Kurbaniyazova Malika Oralbaуevna., Bobojonova Shohista Davronbekovna
dc.date.accessioned 2026-01-03T17:32:46Z
dc.date.available 2026-01-03T17:32:46Z
dc.date.issued 2025
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2914
dc.description.abstract Ushbu tadqiqot aholining OIV infeksiyasi bo‘yicha xabardorlik darajasini baholash, noto‘g‘ri qarashlar va stigma omillarini aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida 474 nafar respondent ishtirokida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma 20 ta savoldan iborat bo‘lib, OIV infeksiyasi haqida umumiy bilim darajasi, yuqish yo‘llari, profilaktika usullari, diagnostika imkoniyatlari, onadan bolaga yuqish mexanizmlari hamda OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oldi. Natijalarga ko‘ra, respondentlarning 84,4 % OIVning asosiy yuqish yo‘llarini to‘g‘ri bilgan bo‘lsa-da, aholining ma’lum qismida virus havo yoki maishiy yo‘l bilan yuqadi degan noto‘g‘ri tasavvurlar saqlanib qolgan. Profilaktika va diagnostika bo‘yicha bilimlar nisbatan yuqori bo‘lib, respondentlarning 87,6 % OIVni aniqlashda ELISA yoki ekspress test qo‘llanilishini to‘g‘ri ko‘rsatgan. Shu bilan birga, OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy stigma darajasi yetarli darajada kamaymaganligi aniqlangan. Epidemiologik va statistik tahlillar (χ², Pearson r) OIV haqida bilim darajasi ortishi bilan to‘g‘ri profilaktik xulq-atvor va stigma kamayishi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar aholi orasida OIV profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy dasturlarni kuchaytirish zarurligini asoslab beradi. en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher O'zbekiston en_US
dc.subject OIV infeksiyasi, xabardorlik darajasi, so‘rovnoma tadqiqoti, epidemiologik tahlil, OIV yuqish yo‘llari, profilaktika, diagnostika (ELISA, ekspress test), onadan bolaga yuqish, stigma va diskriminatsiya, ijtimoiy munosabat, yosh va jins omillari, sog‘lomlashtirish dasturlari, sanitariya-ma’rifiy ishlar. en_US
dc.title OIV INFEKSIYASI BO‘YICHA AHOLINING HABARDORLIK DARAJASINI ANIQLASH UCHUN SO‘ROVNOMA NATIJALARI. en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account