Abstract:
Mazkur tadqiqot Olmazor tumani davolash-profilaktika muassasalarida 2024–
2025 yillar davomida qayd etilgan kasalxona ichi infeksiyalarining (KII)
epidemiologik holatini retrospektiv tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda
sanitariya-epidemiologik xizmatning rasmiy hisobotlari, tezkor xabarnomalar,
klinik va laborator tasdiqlangan holatlar ma’lumotlari asosida kasallanish
darajasi, nozologik tuzilma, vaqt bo‘yicha dinamikasi va epidemiologik xavf
omillari baholandi