Abstract:
Mazkur tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2014–2024 yillar
davomida o‘tkir yuqumli ichak infeksiyalari (O‘YuIK) bilan kasallanishning
retrospektiv epidemiologik tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi
kasallanishning ko‘p yillik dinamikasini, epidemik jarayonning asosiy
qonuniyatlarini hamda hududlar kesimidagi epidemiologik tafovutlarni
aniqlashdan iborat. Tadqiqot rasmiy statistika va sanitariya-epidemiologik
xizmat ma’lumotlari asosida o‘tkazilib, intensiv ko‘rsatkichlar, variatsiya va
regressiya tahlillari qo‘llanildi