Abstract:
Tezisda gidrotaran nasos qurilmasini ekinlarni, xususan g‘o‘zani
sug‘orishdagi samaradorligini ko‘rsatuvchi tajriba-sinov va hisob-kitob natijalari
berilgan. Hozirgi kunda kichik o‘lchamli yer maydonlariga tadbirkorlar tomonidan
ishlov berilib, turli o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish keng quloch yozib
borayotgan sharoitda ushbu qurilma ayniqsa samarali bo‘lishi ta’kidlangan.
Ikkita jadval va ikkita rasm keltirilgan.
Ikkita adabiyotdan foydalanilgan.