Abstract:
Ushbu maqola spastik serebral falaj bilan kasallangan bolalarda mushak
tonusini kamaytirishda akupunkturaning samaradorligini tahlil qiladi. Spastiklik, SFning eng
keng tarqalgan belgilaridan biri bo‘lib, bemorning motor funktsiyalarini jiddiy cheklaydi.
Maqolada turli tadqiqotlar natijalari, klinik kuzatuvlar va akupunkturaning mushak
tonusini kamaytirishga bo‘lgan ta’siri keltiriladi. Akupunktura, an’anaviy tibbiyot bilan birga
qo‘llanilganda, spastiklikni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini oshirish va motor
funktsiyalarini yaxshilash imkonini beradi.