Abstract:
Aksial spondiloartrit surunkali yallig‘lanishli kasallik
guruhi bo‘lib, organizmdagi genetik moyillik tufayli yuza
ga chiqadi va, asosan, sakroiliit bilan namoyon bo‘ladi. Ka
sallikning erta bosqichlarida o‘ziga xos klinik va laborator
belgilarning yo‘qligi kasallikni o‘z vaqtida davolashning
kechikishiga olib keladi. Qolaversa, aksial spondiloartrit
bo‘lgan bemorlarning hammasi ham o‘sma nekrozi omili
ingibitoriga yetarlicha javob bermaydi. Bularning barcha
si kasallikning patogenezini chuqur o‘rganish va unga xos
biomarkerlarni aniqlash uchun turtki bo‘ladi. Aksial spon
diloartrit patogenezida yallig‘lanish muhim rol o‘ynagan
ligi sababli, tadqiqotchilar bo‘g‘imlarda hosil bo‘ladigan
sinovial yallig‘lanish belgisi hisoblangan matriks metal
loproteinazalarning roli kasallik patogenezida muhim
deb hisoblaydi. Tadqiqotlarda zardobdagi matriks metal
loproteinaza darajasini aniqlash aksial spondiloartritni
erta tashxislash, kasallikning og‘irligini baholash va orga
nizmning TNF ungibitorlariga javob reaksiyasini bilishda
muhimligi aniqlangan.