Abstract:
Mashinasozlik sanoati iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, unda metallga ishlov berish, mexanik yig‘ish, payvandlash va nazorat-o‘lchov jarayonlari keng qo‘llaniladi. Ushbu jarayonlarning aksariyati yuqori vizual aniqlikni talab qiladi. Shu sababli ish joylarining yoritilganlik darajasi mehnat sharoitlarini belgilovchi asosiy gigiyenik omillardan biri hisoblanadi.