Abstract:
Ushbu maqolada bugungi kunda global sog‘liqni saqlash tizimining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan antibiotikrezistentlik (antimikrob chidamlilik) va unga qarshi kurashish choralari yoritilgan. Tadqiqotda antibiotiklardan oqilona foydalanishning (Antibiotic Stewardship) asosiy tamoyillari, mikroorganizmlarning dori vositalariga chidamlilik mexanizmlari va ushbu jarayonni sekinlashtirishda shifokor hamda bemorning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada rezistentlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan