Abstract:
Ushbu maqolada yod tanqisligi bilan bog‘liq endemik buqoqning kelib chiqish sabablari, patogenezi va epidemiologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, yodning qalqonsimon bez gormonlari sintezidagi roli hamda yod yetishmovchiligining inson salomatligiga, ayniqsa bolalar va homilador ayollarga ta’siri yoritilgan. Maqolada endemik buqoqning oldini olishda gigienik profilaktika choralarining, xususan universal tuz yodlashtirish dasturining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.