Abstract:
Ushbu maqolada bugungi kunda global endokrinologik muammo hisoblangan endemik buqoq kasalligining tarqalish xususiyatlari va uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik omillar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yod tanqisligi mintaqalarida aholining turmush tarzi, ovqatlanish ratsioni, zararli odatlari va ekologik muhitning qalqonsimon bez funksional holatiga ta'siri o‘rganildi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, endemik buqoq nafaqat geografik yod tanqisligi, balki zamonaviy urbanizatsiya va noto‘g‘ri ozuqa gigiyenasi mahsulidir. Mualliflar tomonidan kasallikning kardiologik asoratlarini (ateroskleroz, metabolik sindrom) oldini olishda ommaviy va guruhli profilaktika choralarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Xulosa qismida aholi o‘rtasida yodlangan tuzdan to‘g‘ri foydalanish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.