Abstract:
HELLP sindromi (Hemolysis, Elevated Liver Enzymes, Low Platelet
Count) – preeklampsiya bilan bog‘liq bo‘lgan homiladorlikning og‘ir asoratlaridan biridir. Ushbu holat jigar shikastlanishi bilan kechib, onalik va
perinatal o‘lim xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu maqolada HELLP
sindromining patogenezi, klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi va davolash
usullari haqida zamonaviy qarashlar ko‘rib chiqiladi. Jigar shikastlanishining mexanizmlari va ushbu sindromga chalingan bemorlarni boshqarish
bo‘yicha zamonaviy strategiyalarga alohida e’tibor qaratilgan