Abstract:
Ushbu maqolada Shimoli – g'arbiy O'zbekistondan ilk bor O'zbekiston faunasi uchun aniqlangan Bagrada
abeillei va Bagrada kaufmanni turlarining molekular genetik identifikatsiyasi keltirilgan. Molekular tadqiqotlarda yuqorida
keltirilgan turlarning mitoxondrial COI sohasidagi nuklotidlar ketma-ketligi o'rganilgan va alohida tur ekanligi aniqlangan.
Shuningdek Pentatomidae oilasiga mansub Bagrada abeillei, Bagrada kaufmanni va Chlorochroa pinicola turlari
mitoxondrial COI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo'yicha olingan barcha tahlil natijalari Biotexnologik axborotlar milliy
markazi Genbanki (NCBI) bazasiga ilk bor joylashtirilgan.