Abstract:
Hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimi o‘z faoliyatiga axborot texnologiyalarini jadal integratsiya qilmoqda, bu ishonchli telekommunikatsiya tarmog‘i, xavfsiz ma’lumotlar bazalari va tegishli ichki elektron aloqalarni talab qiladi. Elektron tibbiy yozuv (ETYo), raqamli ambulator va statsionar davolash tizimlari, «elektron klinika» kabi xizmatlar joriy etilayotgani tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirmoqda. Bemorlarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash axborot xavfsizligini kuchaytirishga bo‘lgan talab hal qiluvchi omilga aylanib bormoqda. Sog‘liqni saqlashning raqamli transformatsiyasi bilan bog‘liq kiberhujumlarning ortib borayotgani hisobga olingan holda, kompyuter tarmoqlari va axborot himoya qilishning nisbiy ahamiyati birinchi o‘rinda turadi. Bu ushbu tadqiqot mavzusini dolzarb qilish bilan birga, xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi.