Abstract:
Bugungi kunda turizm sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Respublikada tarixiy-madaniy meros obyektlari,
ziyoratgohlar, rekreatsion hududlar va ekologik turizm maskanlari soni ortib
bormoqda. Turistlar oqimining ortishi esa sayohlik maskanlarida sanitariya-gigiyena
holatini yuqori darajada ta’minlash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Sanitariya
gigiyena talablariga rioya qilinishi nafaqat aholining, balki xorijiy turistlarning
sog‘lig‘ini muhofaza qilishda ham muhim omil hisoblanadi.