Abstract:
Suv resurslari insoniyat hayoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ekotizimlar
barqarorligi uchun muhim tabiiy resurs hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston
hududidagi ko‘plab suv havzalarida suv sifati yomonlashib borayotganligi
kuzatilmoqda. Bu holat asosan suv havzalarining evtrofikatsiyasi jarayonlari bilan
bog‘liq. Evtrofikatsiya – bu suv havzalarida biogen elementlar, xususan fosfat va
nitrat birikmalarining ortib ketishi natijasida suv o‘simliklari va suv o‘tlarining
keskin ko‘payishi jarayonidir.