Abstract:
Odamlarda tamaki mahsulotlarini chekish natijasida yuzaga keladigan interstitsial o’pka fibrozining xususiyatlari
tasvirlangan. Tamaki tutuni yuqori darajada kanserogen ekanligi isbotlangan. U nafaqat o’smaga qarshi immunitetni
bostiradi, balki hujayra DNKiga bevosita zarar etkazadigan moddalarni ham o’z ichiga oladi. Chekuvchilarda o’pka
saratonining asosiy etiologik omillari tamaki smolasi tarkibidagi radon, poloniy, benzopiren va nitrozaminlardir.
O’pka saratoni chekuvchi erkaklarning 17,2% va chekuvchi ayollarning 11,6% rivojlanadi. Kuniga 20 dan ortiq sigaret
chekadigan chekuvchilarda, o’tkir obstruktiv o’pka kasalligi bilan faol chekuvchilarda sil kasalligini rivojlanish xavfi
2-4 barobar ortadi.