Abstract:
Axborotning katta oqimi va pandemiyadan oldingi hayotning o‘rnatilgan stereotiplarini buzilishi har bir shaxsning xavotir, qo‘rquv va depressiya rivojlanishiga chidamliligini keskin kamaytiradi.Ushbu maqolada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning yaqin qarindoshlaridagi ruhiy kasalliklar, ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari va paydo
bo‘lish sabablari bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.