Abstract:
Maqsad: O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shahrida OIV infeksiyasining epidemiologik jarayonining xususiyatlarini o‘rganish. Material va usullar: O‘zbekiston OIV/OITSga qarshi kurash Respublika markazining 2000-2023 yillarga mo‘ljallangan OIV infeksiyasi bilan kasallanish darajasi to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlar, shuningdek diagnostika laboratoriyalarida OIV testlari natijalari o‘rganildi va retrospektiv tahlil qilindi. Tadqiqotda retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar: 2020-yilning 11 oyi davomida OIV infeksiyasi aniqlanganlarning umumiy soni 419 nafarni (16,4 holat), shu jumladan, 20 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni (2,6 nafar) tashkil etadi. Tibbiy aloqa orqali OIV infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan 25 nafar shaxs 34 ta tibbiyot punktiga 43 marta tashrif buyurib, 55 marta statsionar va ambulator sharoitda davolangan. Xulosa: OIV infeksiyasi haqida aholi va tibbiyot xodimlarining bilim darajasini oshirish ushbu kasallikni erta aniqlash va kasallikning epidemik tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.