Abstract:
Ushbu maqolada o‘zbek tilida tibbiyot sohasi terminologiyasining shakllanishi, yangi so‘zlarning
yasalish usullari hamda ularning milliy tibbiy leksikani boyitishdagi o‘rni haqida so‘z yuritilgan. So‘z yasalishining
affiksatsiya, kompozitsiya, semantik va abbreviatsiya usullari asosan tibbiy terminlar misolida tahlil qilinadi. Shuningdek,
xalqaro tibbiy atamalarni o‘zbek tiliga moslashtirish jarayonidagi muammolar ham ko‘rib chiqiladi.