Abstract:
Lotin tili tibbiy terminologiyasini o‘rganishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar bugungi kunda
tibbiyot ta’limi va ilmiy izlanishlar jarayonida dolzarb masalalardan biridir. Chunki tibbiyot fanlarida qo‘llaniladigan
terminlarning asosiy qismi lotin tiliga borib taqaladi. Shu bois ularni o‘rganishda fonetik, imlo, semantik va metodik
muammolar uchraydi. Mazkur tadqiqotda lotincha tibbiy terminlarni o‘zlashtirishda uchraydigan asosiy
qiyinchiliklar tahlil qilinib, mahalliy va xorijiy olimlarning fikrlari o‘rganiladi.