Abstract:
Ushbu maqolada tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarining nutqiy kompetensiyasini
rivojlantirish masalalari yoritilgan. Nutqiy kompetensiya tibbiyot mutaxassisining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin
tutadi, chunki shifokor bemor bilan samarali muloqot qila olishi, ilmiy hamkorlar bilan to‘g‘ri fikr almashishi hamda
hujjatlar yuritishda aniq ifodalanishi zarur. Maqolada nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning metodik tizimi,
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi.