Abstract:
Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov ijodida realistik xarakter yaratish mahorati tahlil qilinadi. Adib asarlarida
realizmning asosiy tamoyillari – hayotiylik, psixologik teranlik, dialoglarning tabiiyligi hamda badiiy detallar orqali xarakter
ochish usullari atroflicha yoritiladi. Qahramonlarning ichki dunyosi, ijtimoiy muhit ta’siri va milliy ruh bilan uyg‘unligi realistik
xarakter shakllanishining yetakchi omillari sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari O‘tkir Hoshimov tomonidan yaratilgan
obrazlar o‘zbek adabiyotida realizmning yuksak namunasi ekanini ko‘rsatadi