Abstract:
Ushbu maqolada shifokorlarning nutq madaniyatini shakllantirishda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanining o‘rni
va ahamiyati yoritilgan. Tibbiyot sohasida to‘g‘ri, aniq, me’yoriy va etikaga mos nutq shifokorning kasbiy kompetensiyasining ajralmas
qismi hisoblanadi. Mazkur fan tibbiy terminologiyani o‘zlashtirish, bemor bilan muloqot madaniyati, tibbiy hujjatlarni o‘zbek tilida to‘g‘ri
rasmiylashtirish, ilmiy nutqni rivojlantirish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.