Abstract:
Ushbu maqolada lotin tili iboralari va ularning zamonaviy tillardagi qo‘llanilish
xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda lotin tili tarixiy jihatdan Yevropa madaniyati va ilm-fanining
asosiy tili sifatida shakllangani, lekin bugungi kunda ham ko‘plab tillarda faol ishlatilishi ilmiy
asosda yoritilgan. Asosiy e’tibor ingliz, fransuz va o‘zbek tillarida uchraydigan mashhur lotincha
iboralarning semantik va uslubiy o‘zgarishlariga qaratilgan. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy va
etimologik metodlar qo‘llanilib, iboralarning zamonaviy shakllari, ma’nosi va konnotativ qiymati
tahlil qilindi. Olingan natijalar lotin tili iboralari madaniy va ilmiy meros sifatida hanuzgacha
xalqaro kommunikatsiyada faol rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘zbek tili leksikasida
ham bu iboralar o‘z shaklini qisman saqlab, zamonaviy ilmiy uslubga moslashgan.