Abstract:
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun
“Sayohat barcha uchun” loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyiha doirasida har yili Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonning
turistik shaharlariga bepul sayohat qilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yo‘l
vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish ham
ushbu loyihaning bir qismi hisoblanadi.