Abstract:
Tibbiy turizm – sog‘liqni saqlash va sayyohlikni birlashtirgan faoliyat turi bo‘lib, jahon
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori tarkibidagi o‘sish sur’ati yuqori tarmoqlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston
hukumati bu sohani strategik rivojlantirish maqsadini belgilab, tibbiy turizmni iqtisodiyotning oltinchi
tarmog‘i deb atagan va milliy dasturlarga kiritgan. Biroq amalda mamlakat fuqarolarining bir qismi sifatli
tibbiy yordamni chet elda izlayapti. Ushbu maqolada O‘zbekistonda tibbiy turizmning amaldagi holati,
telemeditsina va sun’iy intellekt asosidagi diagnostika tizimlari, raqamli sog‘liqni saqlash platformalari hamda
tibbiy turizm sohasidagi xalqaro raqobat va marketing strategiyalariga oid masalalar chuqur tahlil qilinadi.