Abstract:
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash turizmida qo‘llaniladigan moliyaviy modellar hamda
O‘zbekistonda bu sohaga investitsiya kiritish strategiyalari tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi —
sog‘liqni saqlash turizmi sohasida samarali moliyaviy modellarni aniqlash va investitsiya strategiyalarini
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqotda SWOT tahlili, solishtirma tahlil va statistik
ko‘rsatkichlar tahlili metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash turizmini moliyaviy
jihatdan barqaror rivojlantirish uchun amaliy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.