Abstract:
Ushbu maqolada tibbiy turizm tizimida reabilitatsiya va ixtisoslashtirilgan tibbiy
xizmatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Tibbiy turizmda davolanishdan keyingi tiklanish (reabilitatsiya)
bosqichi bemorning sog‘ayish samaradorligini belgilovchi asosiy omil sifatida ko‘riladi. Ixtisoslashgan tibbiy
xizmatlarning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi va
shifokorlar malakasi tibbiy turistlar oqimini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.