Abstract:
Ushbu maqola qalqonsimon bezning anatomik xususiyatlari va rekkurent
nerv bilan munosabatini tizimli ravishda o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — qalqonsimon bezning xirurgik jihatdan muhim anatomik
strukturalarini aniqlash, rekkurent nervning kursi va turli anatomik variatsiyalarini baholash,
shuningdek, jarrohlik amaliyotida xavfsizlik choralarini kuchaytirishdir. Tadqiqot materiali
sifatida inson bo‘yni va qalqonsimon bezning makroskopik va mikroskopik tuzilmalari
o‘rganildi. Shu bilan birga, anatomik variatsiyalar va rekkurent nervning bez bilan
munosabatlari morfometrik jihatdan tahlil qilindi. Maqolada shuningdek, klinik hollarda yuzaga
keladigan asoratlar (masalan, ovoz o‘zgarishi, nerv shikastlanishi) va ularni oldini olish usullari
ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, rekkurent nervning kursi va qalqonsimon bezning
anatomik variatsiyalari jarrohlik amaliyotida muhim ahamiyatga ega.
Qalqonsimon bezning pastki va yuqori qismidagi anatomik o‘zgarishlar rekkurent nervni
jarrohlik vaqtida shikastlanish xavfini oshirishi mumkin. Shu sababli, anatomik tafovutlarni
oldindan bilish va jarrohlik rejasini shunga moslashtirish, asoratlarni kamaytirish va bemor
xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqola tahlil va tavsiyalar orqali qalqonsimon
bez jarrohligi, nevroanatomik bilim va klinik amaliyotning integratsiyasini mustahkamlashga
hissa qo‘shadi. Tadqiqot natijalari shuningdek, meditsina talabalari va jarrohlar uchun o‘quv
materiallari sifatida ham ahamiyatga ega.